Bepul · ro‘yxatdan o‘tmasdan
IELTS ball hisoblash: Band kalkulyator
To‘rtta bo‘lim balini tanlang. Kalkulyator o‘rtachani topadi va uni IELTS qoidasi bo‘yicha Overall Band’ga yaxlitlaydi.
Overall Band
Overall chiqishi uchun to‘rtala bo‘lim balini tanlang.
Overall Band qanday hisoblanadi
IELTS’da Overall Band — to‘rtta bo‘lim (Listening, Reading, Writing, Speaking) balining o‘rtachasi, eng yaqin yarim ballga (0.5) yaxlitlangan.
O‘rtacha .25 bilan tugasa, ball yuqoriga — .5 ga, .75 bilan tugasa — keyingi butun ballga yaxlitlanadi. .125 pastga yaxlitlanadi (6.125 → 6.0), .375 va .625 esa .5 ga (6.375 → 6.5, 6.625 → 6.5).
Misollar
| Listening | Reading | Writing | Speaking | O‘rtacha | Overall |
|---|---|---|---|---|---|
| 6.5 | 6.5 | 5.5 | 6.0 | 6.125 | 6.0 |
| 6.5 | 6.0 | 5.5 | 7.0 | 6.25 | 6.5 |
| 7.0 | 6.5 | 6.0 | 6.0 | 6.375 | 6.5 |
| 7.5 | 7.0 | 6.5 | 6.0 | 6.75 | 7.0 |
| 8.0 | 7.5 | 6.5 | 7.0 | 7.25 | 7.5 |
Ko‘p beriladigan savollar
- IELTS Overall Band qanday hisoblanadi?
- Listening, Reading, Writing va Speaking balining o‘rtachasi olinadi va eng yaqin yarim ballga yaxlitlanadi. Masalan, 6.375 → 6.5, 6.125 → 6.0.
- O‘rtacha 6.25 chiqsa, Overall necha bo‘ladi?
- 6.5. O‘rtacha .25 bilan tugasa, ball keyingi yarim ballga ko‘tariladi.
- O‘rtacha 6.75 chiqsa-chi?
- 7.0. O‘rtacha .75 bilan tugasa, ball keyingi butun ballga ko‘tariladi.
- Academic va General Training uchun hisoblash bir xilmi?
- Ha, Overall Band ikkala formatda bir xil hisoblanadi. Farq Reading’da: General Training Reading’da to‘g‘ri javoblar Band’ga boshqa jadval bo‘yicha o‘tkaziladi.
- Kalkulyator natijasi rasmiymi?
- Yo‘q. Kalkulyator IELTS e’lon qilgan yaxlitlash qoidasini qo‘llaydi, lekin rasmiy natija faqat imtihondan keyin Test Report Form’da beriladi.
Boshqa bepul vositalar
To‘liq testni bepul topshiring
Ro‘yxatdan o‘tgach, bitta to‘liq Reading va bitta to‘liq Listening testini bepul topshirasiz va natijani Band’da ko‘rasiz. Karta kerak emas.