Bepul · ro‘yxatdan o‘tmasdan
IELTS Listening ball jadvali
Listening’da 40 ta savoldan nechtasiga to‘g‘ri javob berganingizni kiriting, Band’ingizni ko‘rsatamiz. To‘liq jadval pastda.
40 tadan
Listening Band
0 dan 40 gacha son kiriting.
Listening: to‘g‘ri javoblar va Band
| To‘g‘ri javoblar (40 tadan) | Band |
|---|---|
| 39–40 | 9.0 |
| 37–38 | 8.5 |
| 35–36 | 8.0 |
| 32–34 | 7.5 |
| 30–31 | 7.0 |
| 26–29 | 6.5 |
| 23–25 | 6.0 |
| 18–22 | 5.5 |
| 16–17 | 5.0 |
| 13–15 | 4.5 |
| 11–12 | 4.0 |
| 8–10 | 3.5 |
| 6–7 | 3.0 |
| 4–5 | 2.5 |
| 3 | 2.0 |
| 2 | 1.5 |
| 1 | 1.0 |
| 0 | 0.0 |
Jadval qanday ishlaydi
IELTS Listening’da 4 qism va 40 ta savol bor, har bir to‘g‘ri javob 1 ball. To‘g‘ri javoblar soni shu jadval bo‘yicha 0 dan 9 gacha bo‘lgan Band’ga o‘tkaziladi.
Listening Academic va General Training uchun bir xil test, shuning uchun jadval ikkalasiga ham to‘g‘ri keladi.
Ko‘p beriladigan savollar
- Listening’da 7.0 uchun nechta to‘g‘ri javob kerak?
- 40 tadan kamida 30 ta. 6.5 uchun 26 ta, 8.0 uchun 35 ta kerak.
- Academic va General Training uchun jadval bir xilmi?
- Ha. Listening ikkala formatda bir xil test, shuning uchun jadval ham bir xil.
- Imlo xatosi bo‘lsa javob hisoblanadimi?
- Yo‘q. Noto‘g‘ri yozilgan so‘z xato javob hisoblanadi. Britaniya va Amerika imlosi (colour / color) ikkalasi ham qabul qilinadi.
- Bu jadval rasmiymi?
- IELTS har bir test varianti uchun chegaralarni alohida belgilaydi, shuning uchun bir xil Band uchun kerakli javoblar soni bir-ikki taga farq qilishi mumkin. Bu — amaliy testlarda keng qo‘llanadigan jadval; PrepGo testlarida ham Band shu jadval bilan hisoblanadi.
Boshqa bepul vositalar
To‘liq testni bepul topshiring
Ro‘yxatdan o‘tgach, bitta to‘liq Reading va bitta to‘liq Listening testini bepul topshirasiz va natijani Band’da ko‘rasiz. Karta kerak emas.