Bepul · ro‘yxatdan o‘tmasdan
IELTS Reading ball jadvali
Academic Reading’da 40 ta savoldan nechtasiga to‘g‘ri javob berganingizni kiriting, Band’ingizni ko‘rsatamiz. To‘liq jadval pastda.
40 tadan
Reading Band
0 dan 40 gacha son kiriting.
Academic Reading: to‘g‘ri javoblar va Band
| To‘g‘ri javoblar (40 tadan) | Band |
|---|---|
| 39–40 | 9.0 |
| 37–38 | 8.5 |
| 35–36 | 8.0 |
| 33–34 | 7.5 |
| 30–32 | 7.0 |
| 27–29 | 6.5 |
| 23–26 | 6.0 |
| 19–22 | 5.5 |
| 15–18 | 5.0 |
| 13–14 | 4.5 |
| 10–12 | 4.0 |
| 8–9 | 3.5 |
| 6–7 | 3.0 |
| 4–5 | 2.5 |
| 3 | 2.0 |
| 2 | 1.5 |
| 1 | 1.0 |
| 0 | 0.0 |
Jadval qanday ishlaydi
IELTS Reading’da 40 ta savol bor, har bir to‘g‘ri javob 1 ball. To‘g‘ri javoblar soni shu jadval bo‘yicha 0 dan 9 gacha bo‘lgan Band’ga o‘tkaziladi.
Bu jadval Academic Reading uchun. General Training Reading’da xuddi shu Band uchun ko‘proq to‘g‘ri javob kerak, shuning uchun u yerda bu jadvaldan foydalanmang.
Ko‘p beriladigan savollar
- Academic Reading’da 7.0 uchun nechta to‘g‘ri javob kerak?
- 40 tadan kamida 30 ta. 6.5 uchun 27 ta, 6.0 uchun 23 ta yetadi.
- Xato javob uchun ball ayiriladimi?
- Yo‘q. Har bir to‘g‘ri javob 1 ball, xato yoki bo‘sh javob 0. Javobni bilmasangiz ham taxmin qilib yozing.
- General Training Reading uchun ham shu jadvalmi?
- Yo‘q. General Training Reading’da xuddi shu Band uchun ko‘proq to‘g‘ri javob kerak. Bu sahifa faqat Academic Reading uchun.
- Bu jadval rasmiymi?
- IELTS har bir test varianti uchun chegaralarni alohida belgilaydi, shuning uchun bir xil Band uchun kerakli javoblar soni bir-ikki taga farq qilishi mumkin. Bu — amaliy testlarda keng qo‘llanadigan jadval; PrepGo testlarida ham Band shu jadval bilan hisoblanadi.
Boshqa bepul vositalar
To‘liq testni bepul topshiring
Ro‘yxatdan o‘tgach, bitta to‘liq Reading va bitta to‘liq Listening testini bepul topshirasiz va natijani Band’da ko‘rasiz. Karta kerak emas.